Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Zakovat intellektual o‘yini: BILIMLI, IQTIDORLI VA IZLANUVCHAN TALABALAR BELLASHDI

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti Qarshi filialida, filial talabalari hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Neft va gaz fakulteti talbalari o‘rtasida zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi. Unda filalning “Bilimdon” va “Ziyokor”, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining “Muhandis” jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib bordilar.

Jamoalarning bilim va iqtidorlarini 2-sonli talabalar turar joyi hamda filialning talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagoglari U.Rajabov va F.Ibodullaev, Neft va gaz fakulteti va filialning yoshlar bilan bo‘yicha dekan muovinlari G‘.Sharipov hamda S.Ochilovlar baholab borishdi.

  • Savollar mutaxassislikka aloqador, o‘zbek va jahon adabiyotining sara asarlari mazmun-mohiyatidan kelib chiqib tuzilgan, – deydi Neft va gaz fakulteti dekan muovini G‘.Sharipov. – Jamoalar ilmli, iqtidorli va izlanuvchan talabalardan tarkib topgani uchun ham bugungi zakovat intellektual o‘yinimiz qiziqarli va esda qolarli bo‘ldi.

QarMII axborot xizmati.