Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

HARBIYLAR BILAN FUTBOL BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI

2020 yil 18 yanvar kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Sport majmuasida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi bayrami munosabati bilan institut talaba-yoshlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy Aviatsiya bilim yurti kursantlari hamda 10329-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari ishtirokida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada institutning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy Aviatsiya bilim yurti “Jismoniy tayyorgarlik va sport” kafedrasi mudiri podpolkovnik B.Daminov, 10329-sonli harbiy qism “Jismoniy tarbiya ishlari” bo‘limi boshlig‘i katta leytenant T.Abdiev, institutning xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi qo‘matasi raisi F.Tilavatov, Jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri R.Ergashev, Hakamlar Sh.Avazov, I.Arislonov, kursantlar, harbiy xizmatchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy Aviyatsiya bilim yurti kursantlari 1-o‘rinni, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talaba-yoshlari 2-o‘rinni, 10329-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari 3-o‘rinni qo‘lga kiritib tashkilotchilar tomonidan diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.