Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“YOSHLAR ORASIDA SODIR ETILGAN JINOYATLAR MUHOKAMASI VA ULARNING OLDINI OLISH MASALALARI”

2020 yil 18 yanvar kuni Neft va gaz fakultetida bo‘lib o‘tgan “Yoshlar orasida sodir etilgan jinoyatlar muhokamasi va ularning oldini olish masalalari” mavzusida o‘tkazilgan profilaktik tadbirda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik X.Atanazarov, viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik F.Badalboev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini G‘.Sharipov, institut psixologi B.Kalonova, “Tenologik mashina va jihozlari” ta’lim yo‘nalishi katta o‘qituvchisi I.Xolbozorov va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

  • Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning aksariyati, to‘qlikka sho‘xlik, qiladigan ishining oqibatini to‘la anglamaslikdan kelib chiqadi, – deydi podpolkovnik X.Atanazarov. – Siz xuddi bir oq qog‘ozga o‘xshaysi, o‘ylamay bosgan qadamingiz ertaga nafaqat o‘zingiz, balki yaqinlaringiz hayoti, kelajagiga ta’sir qilishi mumkin. Hatti-harakatingizni nazorat qilishni o‘rganing, ziyoli va zamonaviy inson sifatida jamiyatda o‘z o‘rningizni topishga harakat qiling.

Tadbir davomida viloyatimizda yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar raqamlari aytib o‘tildi, ulardan misollar keltirildi. Bir so‘z bilan aytganda ishtirokchilar ogohlikka chaqirildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mehmonlarga murojaat qilishdi, yoshlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olish borasida o‘z takliflarini bildirishdi.

QarMII axborot xizmati.