Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Koronavirus: SHAXSIY GIGIENA QOIDALARI – SALOMATLIK GAROVIDIR!

Muhandis-texnika fakultetining “Transport” ta’lim yo‘nalishi 152-17, 153-17 va 154-17-guruh talabalari bilan koronavirus infeksiyasi haqida davra suhbati o‘tkazildi. Unda viloyat OITSga qarshi kurash markazi shifokori D.Karimov, institut hamshirasi G.Mamadiyorova, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O‘.To‘raev, guruh murabbiylari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

  • Koronavirus infeksiyasi va unga chalinganlar, vafot etganlar va boshqa ma’lumotlar to‘g‘risidagi raqamlar soat sayin yangilanib bormoqda va bu har qanday insonni havotirga solishi tabiiy hol, – deydi D.Karimov. – Bu kasallik bilan mamlakatimiz miqyosida birorta ham bemor qayd etilmagan. Shunday bo‘lsada, kundalik hayotingiz davomida amal qilishingiz shart bo‘lgan shaxsiy gigiena qoidalari va to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga to‘liq amal qilishni yodingizdan chiqarmang.

 QarMII axborot xizmati.