Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“KUCHLARNI BIRLASHTIRAYLIK – SOG‘LOM MUHIT YARATAYLIK”

1-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba qizlar bilan o‘tgan tadbir xuddi shunday – “Kuchlarni birlashtiraylik – sog‘lom muhit yarataylik” shiori ostida o‘tkazildi. Davra suhbati tarzida olib borilgan tadbirda viloyat OITSga qarshi kurash markazi shifokori Xo‘jamurod Baxrinov, institut hamshirasi Gulnora Mamadiyorova, 1-sonli talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi Iroda Gapparova va talaba qizlar ishtirok etishdi.

  • Koronavirus haqida OAV orqali keng yoritilayapti, uning belgilaridan tortib, keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan salbiy asoratlari haqida barcha xabardor, – deydi G.Mamadiyorova. – Bizning maqsadimiz, talabalarni yana bir bor sergaklantirish, salomatliklariga befarq bo‘lmasliklari va shaxsiy gigiena qoidalariga to‘liq amal qilishlariga chaqirish.

Davra suhbati davomida har bir fuqaro kasallikka qarshi kurash – profilaktika sifatida amal qilishi lozim bo‘lgan harakatlar haqida kengroq tushunchalar berildi.

QarMII axborot xizmati.