Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

QO‘SHNI DAVLATLARDAGI OLIY TA’LIM MUASSASALARDA TAHSIL OLAYOTGAN TALABALAR O‘QISHINI O‘ZBEKISTONDA DAVOM ETTIRISHI MUMKIN

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 4 fevraldagi 12-son bayoni bilan qo‘shni davlatlar (Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston)dagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga o‘qishni respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha ariza qabul qilishga ruxsat berildi.

Qo‘shni davlatlardagi O‘zbekistonlik talabalarning o‘qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga imtihonsiz ko‘chirish bo‘yicha Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida tuzilgan ishchi guruh o‘z faoliyatini boshladi. Talabgorlar pedagogika, matematika, tabiiy fanlar, ishlab chiqarish texnologiyalari, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligida menejment, veterinariya, irrigatsiya va meloratsiya, muhandislik ishi, gumanitar fanlar, sotsiologiya va psixologiya, jurnalistika va axborot, iqtisod, huquq, kompyuter texnologiyalari va infonmatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, arxitektura va qurilish, ijtimoiy ta’minot, xizmat ko‘rsatish sohasi, transport, atrof-muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi, san’at hamda sog‘liqni saqlash sohalari bo‘yicha yuzdan ortiq ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishlari mumkin.

O‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolar ishchi guruhga ariza (joyida to‘ldiriladi), reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma (transkript) nusxasi va pasport nusxasi taqdim etilishlari shart.

Ishchi guruh joriy yilning 15 fevral kuniga qadar (yakshanba dam olish kuni; shanba  – soat 9:00 dan 15:00 ga qadar) har kuni soat 9:00 dan 17:00 ga qadar hujjatlarni qabul qiladi.

QarMII axborot xizmati.