Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

YIG‘ILISHDA BRITANIYA TAJRIBASI HAQIDA GAPIRILDI

Kecha Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining Axborot texnologiyalar markazida “Higher education for employability” (Ish bilan ta’minlashda oliy ta’limning ahamiyati) Britaniya dasturi doirasida Vebinar bo‘lib o‘tdi. Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Botirov, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedogogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i A.Raxmatov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i A.Eshev, «Konchilik ishi va geodeziya» kafedrasi mudiri R.Eshonqulov, bakalavriyat va magistratura bosqichi talabalari hamda grant bajaruvchilari ishtirok etishdi.

Vibinarda texnika fanlari doktori, professor v.b. Sh.Muradovning institutda ta’lim sifatini oshirish hamda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha Britaniya tajribasi haqidagi ma’ruzasi tinglandi. Sh.Muradov Britaniya universiteti proffessori Sarah Blackfordga yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan o‘z savollarini onlayn tarzda yubordi va javobni oldi.

QarMII axborot xizmati.