Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

TALABALAR UCHUN “IQTIDORLI TALABALAR”

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda 2019 yil 5 dekabr kuni Prezident huzurida o‘tkazilgan “Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘lari (grantlar)ni faol jalb etish to‘g‘risida”gi 57-sonli yig‘ilish Bayonida berilgan topshiriqlar va ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida barcha fakultetlar kesimida iqtidorli talabalar bilan davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday suhbatlarning navbatdagisi 7 va 10 fevral kunlari Energetika fakultetining akadem guruhlari bilan o‘tkazildi. Unda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i A.Eshev, Iqtidorli talabalar bo‘limi boshlig‘i B.Ashurov, dekan muovini A.Ro‘ziev va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Uchrashuvlar kun tartibidan mutaxassislarning Yevropa  Ittifoqi  Erasmus+  dasturi va uning iqtidorli talabalar uchun beradigan imkoniyatiga bag‘ishlangan ma’ruzalari ham o‘rin oldi.

  • Talabalarni bo‘limimiz tomonidan tashkil etilgan “Iqtidorli talabalar” telegram kanali bilan tanishtirdik, – deydi B.Ashurov. – Bu kanalda iqtidorli talabalarni mamlakatimiz va jahon miqyosida qo‘llab quvvatlovchi loyihalar va gratlar haqidagi ma’lumotlar berib boriladi.

Davra suhbatlari davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi.

QarMII axborot xizmati.