Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“NAVOIY VA UNING IJODI YOSHLAR NIGOHIDA”

G‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan Muhandis-texnika fakulteti hamda Qarshi shahridagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamkorligida “Navoiy va uning ijodi yoshlar nigohida” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O‘.To‘raev, “Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 159-18, 159-19 guruh talabalari va maktabning 7-8 sinf o‘quvchilari ishtirok etishdi.

  • Tadbirda Navoiy ijodiga murojaat qilgan holda ruboiylar, g‘azallar o‘qildi, badiiy sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, – deydi O‘.To‘raev. – Izlanuvchan talabalarimiz Navoiy hayoti va ijodi bilan bog‘liq shunday ma’ruzalar tayyorlashganki, beixtiyor bobomiz bosib o‘tgan mashaqqatli davr, sermahsul ijod yo‘li ko‘z oldingizda gavdalanadi.

QarMII axborot xizmati.