Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“MUSTAHKAM OILA – JAMIYAT TAYANCHI”

1-sonli talabalar turar joyida institut xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Muxandis-texnika fakulteti hamkorligida “Mustahkam oila – jamiyat tayanchi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Yu.Raxmonova, Muhandis-texnika fakulteti xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi D.Abdieva, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O‘.To‘raev, institut psixologi B.Kalonova hamda talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba qizlar ishtirok etishdi.

  • Bugungi kunda sodir bo‘layotgan oilaviy ajrimlarning aksariyatiga, yoshlarning oila qurishga tayyor emasligi, oilaga nisbatan mas’uliyat va majburiyat hissining yo‘qligi sabab bo‘lmoqda, – deydi Yu.Raxmonova. – Ming afsuski, bunga biz kattalar ham qaysidir ma’noda aybdormiz. Shuning uchun ham qo‘mitamiz tomonidan talaba qizlar bilan ko‘proq oila va oilaviy hayotga tayyorgarlik masalalarida davra suhbatlarini ko‘proq uyushtiramiz. O‘ylaymanki, bu albatta, qizlarimizning kellajagiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Oilani asrab-avaylash kerakligi, uning qanchalik muqaddas dargoh ekanligini yanada chuqurroq singdiradi.

 Davra suhbati davomida, institut psixologi B.Kalonova “Oila haqida afsonalar” psixologik-treningini o‘tkazdi. Unda qizlarning tezkorligi, abjirligi va zehni sinovdan o‘tkazildi.

QarMII axborot xizmati.