Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Sevara Baratova: MUVAFFAQIYATIM SABABI – MATEMATIKA, MATEMATIKA VA YANA MATEMATIKA

Avval xabar berganimizdek, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi Sevara Baratova 8-9 fevral kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tkazilgan «Caspian  Cup-2020»  xalqaro  musobaqasida  ishtirok  etib,  instruktorlar  o‘rtasida faxrli 1-o‘rinni  qo‘lga  kiritdi. 

Bugun “Afrosiyob” poezdi bilan Qarshi shahriga kelgan Sevara Baratovani institut rektori Nazirila Maxmudov boshchiligida professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar kutib oldilar. Shundan so‘ng, institutda OAV xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari va talabalar uchun brifing tashkil etildi. Brifingni rektor kirish so‘zi bilan ochib berdi. Sevaraning muvaffaqiyatga erishishiga sababchi bo‘lgan insonlar – uning ota-onasi Dilfuza Ochilova hamda Sobir Baratovga minnatdorchilik bildirdi.

  • Bugun Sizlar qancha faxrlansangiz ham arziydigan kun, – deydi rektor. – Sizga shu yerdagi hamma ota-onalar havas bilan qarab turishibdi. Bu eng avvalo, Sizning muvaffaqiyatingiz,  Sizning g‘alabangiz.

Brifingda so‘z olgan Sevara Baratova musobaqa va undaki ishtiroki haqida aytib berdi. Muvaffaqiyatlari haqida gapirar ekan, shunday deydi:

  • G‘alabaga meni matematika, matematika va yana matematikani chuqur o‘rganganim olib bordi. Prezidentimiz aytganlaridek, matematika hamma sohaning rivoji uchun xizmat qiladigan fandir.

Brifing ko‘taringki kayfiyatda, savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

QarMII axborot xizmati.