Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“SPORT OSTIDA BIRLASHAYLIK”

Kecha 2-sonli talabalar tarar joyida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti shaxmat sport klubi tomonidan “Sport ostida birlashaylik” shiori ostida shaxmat musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada institutning 1- va 2-sonli talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali talabalar turar joyi talabalari birinchilik uchun kurash olib bordilar.

O‘yinlarni Yoshlar bilan ishlash va ma’naviyat hamda ma’rifat bo‘limi boshlig‘i U.Toshniyazov, filialning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Allayorov, Energetika fakulteti o‘qituvchisi I.Xatamov, institut va filial talabalar turar joylari tarbiyachi-pedagoglari I.Gapparova, A.Shukurov, U.Rajabov va F.Ibodullaev baholab borishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan shaxmatchilarga hakamlar hay’ati tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

QarMII axborot xizmati.