Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“BIZ YOSHLAR KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ”

Kecha institut psixologi Barno Kalonova Geologiya va konchilik fakulteti “Konchilik ishi” ta’lim yo‘nalishi 111-16, 112-16 va 113-16 guruh talabalariga “Biz yoshlar korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida seminar-trening o‘tkazdi. Seminar-treningda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Baxtiyor Jalilov va fakultet murabbiylar kengashi raisi Bahrom Boqiev ishtirok etishdi.

  • Prezidentimiz aytganidek, korrupsiyani yo‘qotmasdan turib, hech bir sohada rivojlanishga erishib bo‘lmaydi, – deydi B.Kalonova. – Bugun korrupsiyaga sabab bo‘luvchi omillar va ularning oqibatlari haqida gaplashish bilan bir qatorda ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazdik. So‘rovnomada fakultetdagi muhitni aniqlab olish mumkin bo‘lgan savollar o‘rin olgan.

Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotini orqaga tortuvchi, rivojlanishni to‘xtatuvchi jirkanch illat. Unga qarshi jamiyatda murosasiz muhitni shakllantirishga qaratilgan ishlar bugun o‘zini oqlagan. Buni institut miqyosida o‘tkazilayotgan ijtimoiy so‘rovnomalar natijalari va talaba-yoshlarning o‘y-fikrlaridan ham bilib olish mumkin.

QarMII axborot xizmati.