Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

HARBIY QISMDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI

“O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Saodat Murtozova 10329-sonli harbiy qismda Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda bo‘lib, buyuk allomalarning hayoti va ijodi mavzusida ma’ruza qildi.

  • Bu ikki buyuk alloma nafaqat turkiy adabiyotga qoldirgan ulkan adabiy merosi bilan, balki, saltanat boshqaruvida tutgan o‘rni bilan ham ahamiyatlidir, – deydi S.Murtozova. – Ma’ruzamda asosan, bobolarimizning o‘zlari yashagan davrda siyosiy maydonda tutgan o‘rni haqidagi fikrlar, tarixiy dalillar o‘rin olgan.

Tadbirda faxriylar, harbiy qism harbiy xizmatchilari va  ularning farzandlari ishtirok etishdi.

QarMII axborot xizmati.