Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“MA’RIFAT DAHOLARI”

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk yillardanoq milliy o‘zligimizni anglash maqsadida ajdodlar nomini tiklash, ular qoldirgan ma’naviy-ma’rifiy me’rosni asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratildi. Buyuk mutafakkirlarning xotirasiga hurmat ma’nosida ta’lim muassasalari, tashkilot va korxonalar, umuman, keng jamoatchilik vakillari ular tavallud topgan sanalarni bayram sifatida nishonlashi an’ana tusini oldi.

Bilamiz, fevral turkiy adabiyotning o‘lmas siymolari hazrat Navoiy hamda shoh va shoir Bobur tavallud topgan oy. Shu boisdan, yurtimizning har bir jabhalarida bo‘lgani kabi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida ham bu buyuk zotlarning tavallud kunlariga bag‘ishlab turli tadbirlar, ma’naviy-ma’rifiy kechalar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan birini kecha Geologiya va konchilik fakulteti hamda “Tillar” kafedrasi o‘zaro hamkorlikda o‘tkazdi. “Ma’rifat daholari” deya nom olgan adabiy-badiiy kechada Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Bobur qoldirgan ijodiy meros – ruboiy va g‘azallardan parchalar o‘qildi. Ular bosib-o‘tgan hayot yo‘li talabalar tomonidan sahnalashtirilib, ularning o‘zlari tomonidan kecha ishtirokchilariga namoyish etildi.

Adabiy-badiiy kechaning mazmunli o‘tishida o‘z hissasini qo‘shgan talaba-yoshlarga Respublika ma’naviyat va markazi viloyat bo‘limi o‘rinbosari L.Qambarov, “Tillar” kafedrasi mudiri O.Begimov hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Jalilov tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

QarMII axborot xizmati.