Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

MECHAUZ: SHARTNOMALARGA KELISHIB OLINDI

Avval xabar berganimizdek, institut Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Alibek Eshev hamda “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi assistenti Malika Keldiyarova Gresiya davlatining Xellenik xalqaro universitetida tashkil etilgan Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturi doirasidagi MECHAUZ robototexnika loyihasining dastlabki ochilish uchrashuvida ishtirok etayapti.

Kecha, ya’ni, uchrashuvning ikkinchi kunida bosh koordinator Alibek Eshev tashabbusi bilan Litva davlatining Vilnyus Gidminas texnika universiteti, Latviya Leypaga universiteti hamda Portugaliyaning Viano De Kastelo institutlari bilan loyiha bo‘yicha ikkitomonlama shartnomalarga kelishib olindi.

QarMII axborot xizmati.