Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

REKTOR NAZIRILA MAXMUDOV: ISHONAMAN, ORANGIZDA BO‘LAJAK REKTORLAR, VAZIRLAR, HOKIMLAR VA KO‘PLAB RAHBARLAR O‘TIRIBDI

Joriy yilning 13 fevral kuni institut sport majmuasida rektor va yoshlar uchrashuvi doirasidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda 1-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar, prorektorlar, dekanlar va kafedra mudirlari ishtirok etishdi. Samimiy, yuqori kayfiyatda boshlangan uchrashuv davomida rektor Nazirila Maxmudov so‘zga chiqib, barcha talabalarni yaqindagina boshlangan joriy o‘quv yilining 2-semestri bilan tabrikladi, o‘qishlarida omad tiladi.

  • Bilaman va ishonaman, orangizda bo‘lajak rektorlar, vazirlar, hokimlar va boshqa ko‘plab tashkilotlarni boshqarish salohiyatiga ega rahbarlar o‘tirishibdi, – deydi rektor. – Muhimi, bilmingizga va o‘zingizga ishoning. Ortingizda Sizlarni qo‘llab-quvvatlovchi Prezident, Sizlarga ta’lim va tarbiya berishdan charchamaydigan ustozlaringiz turibdi. O‘qing, izlaning, bilmaganingizni so‘rab o‘rganingiz, bilganlaringizni hayotga tadbiq qiling.

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan rektorga murojaat qilishdi, fakultetlarda uchraydigan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirishdi.

QarMII axborot xizmati.