Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

SPIKER NURDINJON ISMOILOV: MUROJAATNOMANI YOSHLAR CHUQUR ANGLASHI KERAK!

Bugun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri, “Shuhrat” medali va “Do‘stlik” ordeni sohibi  Nurdinjon Ismoilov, Spiker o‘rinbosari O‘zLiDeP rahbari Aktam Xaitov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sherzod Qulmatov, Qashqadaryo viloyat hokimi o‘rinbosari D.Allaev, institut rektori Nazirila Maxmudov, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov nutq so‘zladi.

  • Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi ta’lim, iqtisodiyot, tashqi siyosat va boshqa sohalarni o‘zida mujassam etgan keng qamrovli hujjatdir, – deydi u. – E’tibor bergan bo‘lsangiz,Prezidentimiz Oliy Majlisga 2017, 2018 va 2020 yillar davomida murojaatnomalar yo‘lladi. Ularning eng so‘ngisi sohalar qamrovining kengligi, ko‘tarilgan muammolar va rejalishtirilgan ishlarning ulug‘vorligi bilan ham ahamiyatlidir. Bizning asosiy maqsadimiz, odamlar murojaatnomaning mag‘zini chaqsin, yoshlarimiz uning mohiyatini chuqur anglasin.

Do‘stona ruhda davom etgan muloqot jarayonida, Spiker va deputatlarga professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar tomonidan takliflar bildirildi, savollar berildi. 3 yoshgacha bo‘lgan farzand tarbiyalash jarayonida onaga nafaqa to‘lash, NNTlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun yer uchastkalari ajratish, Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasiga bag‘ishlab obida va bog‘ yaratish takliflari Qonunchilik palatasi tomonidan o‘rganilishi aytib o‘tildi.

QarMII axborot xizmati.