Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

DIQQAT, TANLOV!

Kreativ, ixtirochi hamda ijodiy videolarni suratga olish va yaratishga qobiliyati bor talabalar uchun Markaziy bank tomonidan Global Money Week (Jahon pul haftaligi) doirasida videoroliklar tanlovi e’lon qilindi.

Tanlovda qatnashish istagida bo‘lganlar quyidagi mavzularda videorolik tayyorlashlari lozim:

* “Bank kartasi qulay to‘lov vositasi”.

* “Kredit tarixi nima?”.

Videorolik uchun quyidagi talablar qo‘yiladi:

* Video tanlov mavzularidan biriga mos kelishi kerak.

* Video tili – o‘zbek tili/ rus tili.

* Davomiyligi – 1-1.5 daqiqa.

* Formati: AVI, MREG-4, MP3.

Tanlov uchun ishlar 2020 yilning 16 mart kuniga qadar communication@cbu.uzva konkurs.cbu@gmail.com elektron manzillari orqali (Xat mavzusida “Global Money Week Tanlovi” deb ko‘rsatilishi lozim) yoki shaxsan fleshka (disk)da taqdim etgan holda qabul qilinadi.

Tanlov ikki bosqichda ikki nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:

  1. Hakamlar hay’ati bir mavzu bo‘yicha 3 ta eng yaxshi ishni aniqlaydi.
  2. Har bir nominatsiya bo‘yicha eng yaxshi 3 ta videolavha 2020 yil 18 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda ochiq ovoz berish va g‘olibni aniqlash uchun joylashtiriladi.

Tanlov natijalari 2020 yilning 23 martida Markaziy bankda Jahon pul haftaligining ochilish marosimi doirasida e’lon vilinadi.

Tanlov g‘oliblari Markaziy bankning qimmatbaho sovrinlariga ega bo‘lishadi.

1-o‘rin – noutbuk HP Pavilion.

2-o‘rin – telefon Samsung 10.

3-o‘rin markaziy bankdan esdalik  sovg‘asi.

QarMII axborot xizmati.