Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

ENG ZUKKO QIZ G‘OLIB BO‘LDI

Xabaringiz bor, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida barcha fakultetlar kesimida “Qizlar davrasi” Respublika ko‘rik-tanlovining fakultet bosqichlari o‘tkazilmoqda va kecha Neft va gaz fakulteti bosqichi bo‘lib o‘tdi. “Ma’rifatli yoshlar – yurt ko‘zgusi” shiori ostida tashkil etilayotgan mazkur ko‘rik tanlovda fakultetning olti nafar iqtidorli qizlari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Shartlar o‘zgarmagan, 4 shart asosida qizlarning bilimi, kitobxonligi, pazanda va bo‘lajak uy bekasi sifatidagi mahorati hamda ijodkorligi sinovdan o‘tkazildi. Qizlarning mahoratini institut xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Yu.Raxmonova, qo‘mitaning fakultet boshlang‘ich tashkiloti raisi D.Azizova, “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” va “Ijtimoiy fanlar” kafedralari o‘qituvchilari D.Ataqulova, L.Oripova, Sh.Jumaeva, ARM mutaxassisi Z.Yusupova va institut psixologi B.Kalonova baholab borishdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, Simara Yusupova “Eng zukko qiz” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi va institut boqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Gulhayo Daminova “Eng jozibali”, Nodira Najimova “Eng latofatli”, Manzura Elmurodova “Eng ijodkor”, Maftuna Sa’dullaeva “Eng maftunkor”, Kumush Ismatova “Eng nazokatli” nominatsiyalari g‘olibi bo‘lib, faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.

QarMII axborot xizmati.