Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“TADBIRKORLIKKA ILK QADAM”

Kecha “Foydali qazilma konlari geologiyasi va razvetkasi” kafedrasi tashabbusi bilan “Tadbirkorlikka ilk qadam” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazining Qashqadaryo viloyat bo‘linmasi rahbari Adham Tohirov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Azamat Xayriddinov, Geologiya va konchilik fakulteti dekani muovini Baxtiyor Jalilov, “Foydali qazilma konlari geologiyasi va razvetkasi”ta’lim yo‘nalishining 101-18, 103-18 va 102-16 guruh talabalari hamda guruh murabbiylari Shuhrat Yusupov, Quvonchbek Usmonov, Hikmat Panjiev ishtirok etishdi.

Tadbir o‘z nomi bilan – tadbirkorlik faoliyatiga bag‘ishlandi va mamlakatimizda bugungi kunda tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, soliq va soliqqa solish tizimidagi yengilliklar va boshqa ko‘plab mavzu atrofidagi masalalar bo‘yicha suhbatlashildi.

  • Talabalarga, yurtimizda o‘z tadbirkorligini yaratish arafasida turgan yoshlar uchun “Har bir oila tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” dasturi doirasidagi kreditlash tizimlari,  xotin-qizlar, hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi (jumladan, tomorqa)ni rivojlantirish uchun  hamda tuman va shahar hokimlari tomonidan ajratiladigan choraklik imtiyozli kreditlar borligi  haqida batafsil ma’lumotlar berildi, – deydi Adham Tohirov. – Bundan tashqari, yuridik maqomga ega bo‘lish va ro‘yhatdan o‘tish tartiblari, garov berish tizimi, pul aylanmalari, ishlab chiqarish uchun chet eldan texnologik mashinalar olib kelish tartibi va bojxona imkoniyatlari haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatidagi va yaxshi g‘oyaga ega o‘nga yaqin talaba mutaxassisga murojaat qilib, atroflicha ma’lumot oldi. A.Tohirov o‘zi rahbarlik qilayotgan bo‘linma ayni shu – tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanishini va bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan har qanday biznes loyiha qo‘llab-quvvatlanishini bildirdi.

QarMII axborot xizmati.