Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

DAVRA SUHBATI: YERDAN FOYDALANISH BO‘YICHA KO‘NIKMALAR OLINDI

Siz yerdan foydalanishni bilasizmi? Ixtiyoringizdagi bo‘sh yerda qurilish, tomorqa yoki boshqa maqsadlarda foydalanmoqchi bo‘lsangiz, boshlagan ishingiz oldidan qanday talablarni bajarishingiz lozimligi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz?

Viloyat Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasida “Yer monitoringini yuritish, davlat kadastr ma’lumotlarini qabul qilish, tahlil qilish va yuritishdagi muammolar hamda ularning zamonaviy yechimlari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida yerdan foydalanish, uning qonuniy talablari, davlat va fuqaro o‘rtasida kelishib olinishi shart bo‘lgan talablar va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha ma’lumot berildi.

Davra suhbatida Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Yerdan foydalanish va yer tuzish sho‘ba boshlig‘i Sarvar To‘raev, Chegara masalalari va navbatchi xarita bo‘limi bosh mutaxassisi To‘lqin Teshaev, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Konchilik ishi va geodeziya” kafedrasi assistenti Isomiddin Qodirov hamda Geologiya va konchilik fakultetining bir guruh talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Dolzarb mavzu, muammoli vaziyatlar yechimiga bag‘ishlangan davra suhbati savol-javoblarga boy bo‘ldi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumotga ega bo‘lishdi.

QarMII axborot xizmati.