Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

SALOMATLIK – TUMAN BOYLIK

Ertadan, ya’ni, joriy yilning 1 martidan etiboran Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Janubiy Koreyada koronavirus avj olishi va O‘zbekiston hududida virus tarqalishining oldini olish maqsadida Seulga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatib turadi. Bu haqda aviatashuvchi matbuot xizmati “Daryo.uz”ga xabar bergan.

Fuqarolardan HY514 reys bilan bugun Seuldan uchadigan yo‘lovchilarni Toshkent aeroportida kutib olmaslik so‘ralgan va yo‘lovchilar vaqtinchalik turar joylargan jo‘natilishi, aytilgan.

Ming afsuski, har kuni koronavirus bilan bog‘liq o‘nlab xabarlarni o‘qiyapmiz, uni to‘xtatishga bugungi zamon tibbiyoti ham ojizlik qilayotganini ko‘rib, anglab turibmiz. Salomatligimizga befarq bo‘lmasligimiz lozimligini, loqaydlik yomon oqibatlarga olib kelishini teranroq anglayapmiz.

Iqtisodiyot fakultetining “Moliya” va “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo‘nalishlarining 163-19, 164-19 va 165-19 guruh talabalari bilan o‘tgan murabbiylik soatida sog‘lom turmush tarziga amal qilish va koronavirus oldini olish choralari haqida gapirildi. Qarshi shahridagi 6-sonli oilaviy poliklinika shifokorlari R.Raximova, G.Diyorova hamda institut hamshirasi G.Mamadiyorova  davra suhbati davomida har bir kishi amal qilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar haqida aytib o‘tishdi.

Murabbiylik soatida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini K.Mirzaev, xotin-qizlar qumitasi fakultet boshlang‘ich tashkiloti raisi K.Muzaffarova, guruh murabbiylari M.Do‘stova va N.Alimxanovalar ham qatnashib, kasallik bilan og‘rigan talabalar uchun institut ichki tartib-qoidalaridan kelib chiqib beriladigan imkoniyat va imtiyozlar haqida gapirishdi.

QarMII axborot xizmati.