Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

SEVARA SHOMURODOVA – G‘OLIB!

“Qizlar davrasi” Respublika ko‘rik-tanlovining institut bosqichi bahslari yakuniga yetdi.

Tanlovda 6 ta fakultet sharafini 6 nafar talaba qizlar himoya qilishdi va ularni Qarshi shahar IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi katta inspektori, podpolkovnik Zamira Rustamova, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi Gulshan Karimova, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi Hulkar Roziqova, litsey o‘qituvchisi Manzura keldiyorova baholab borishdi.

Bor iste’dodi va mahoratini namoyish etgan qizlar orasidan Iqtisodiyot fakulteti talabasi Sevara Shomurodova 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Geologiya va konchilik hamda Muhandis-texnika fakultetlari talabalari Iroda Mamanazarova va Muxlisa Muhiddinova 2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. Ruxsora Doniyorova (Texnologiya), Nodira Najimova (Neft va gaz) va Shahzoda Ahmedova (Energetika) tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida, ko‘rik-tanlovning institut bosqichi g‘olibi Sevara Shomurodova viloyat oliy ta’lim muassasalari talaba qizlari o‘rtasida o‘tkazilishi kutilayotgan tanlovda ishtirok etadi.

QarMII axborot xizmati.