Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

UCHINCHI KUN: INVESTITSIYA – TARAQQIYOT OMILI.

  • Har qanday mamlakatning, shu jumladan, O‘zbekistonning ham ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarning, ayniqsa, xorijiy investitsiyalarning o‘rni va ahamiyati katta, – deya ta’kidlaydi Portugaliyaning Lissabon universiteti iqtisodiyot fanlari professori Jorje  Flippe  da  Silva  Gomes.

Professor navbatdagi mashg‘ulotlarini Iqtisodiyot fakultetining “Moliya” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari bilan o‘tdi. Dars mavzusi – investitsiya.

Aytish kerakki, XXI asrning dastlabki yillari iqtisodiyotning globallashuv jarayonlari o‘ziga xos davr hisoblanadi. Mamlakatda iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, aholining turmush farovonligini oshirib borish, jahon bozoriga chiqish, uning ustunliklaridan foydalanishni talab qiladi. Jahon bozorida amal qilish va xalqaro iqtisodiy munosabatlarni muvaffaqiyatli olib borish, ichki va tashqi bozorda milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirish uchun turli ko‘rinishdagi xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish muhim ahamiyatga ega.

Bugun investitsiya nima ekanligini bilmaydigan kishi bo‘lmasa kerak? Bo‘lajak iqtisodchi sifatida fakultet talabalari ham bu mavzu to‘g‘risida anchayin keng bilim va tasavvurga egalar. Professor talabalarga Yevropaliklar biror mamlakatga investitsiya kiritishi uchun nimalarga e’tibor qaratishi, chet elliklar uchun qiziq bo‘lgan biznes turlari haqida gapirib, mamlakatga investitsiya jalb qilish borasidagi kerakli yo‘nalishlarni sanab o‘tdi.

QarMII axborot xizmati.