Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

«SHAXS RUHIY HOLATLARINI BOSHQARISH»

Geologiya va konchilik  hamda  Energetika  fakultetlarining   «Atrof muhit himoyasi va ekologiya»  (116-19),  “Elektr  energetikasi”  (186-17)  ta’lim  yo‘nalishlari   talabalari hamda guruh murabbiylari Ulug‘bek To‘raev va Rumiya Beytullaeva ishtirokida  «Shaxs  ruhiy  holatlarini  boshqarish»   mavzusida  davra  suhbati  o‘tkazildi.  

Institut psixologi Barno Kalonova tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatlarida katta hayot ostonasida turgan talaba-yoshlarning ruhiy holatlari o‘rganildi, yangi sharoit, yangi muhit va yangi jamoaga ko‘nika olish qobiliyatlari suhbatlar asnosida tekshiruvdan o‘tkazildi.

  •   Hayot  tajriba  va  qiyinchiliklardan iborat, – deydi B.Kalonova. –   Azob-uqubat  tortganing  sari  hayotdan   olgan  hikmating  ortaveradi,  muvaffaqiyatsizlikka  uchraganing   sari  quvvating  ortaveradi,  tabassum  qilganing  sari  yaxshi  orzu-umidlarga  sho‘ng‘iyverasan. Shaxs  –   ijtimoiy   munosabatlarning  mahsuli,  ya’ni  shaxs  bu munosabatlarning  tashuvchisi,  ijtimoiy hayotning  sub’ekti, jamiyatning  negizidir.

  Ruhiy holatni to‘g‘ri boshqarish – qaysidir ma’noda muvaffaqiyat omili. Sababi, ruhan kuchli odam eng noqulay vaziyatlardan ham chiqib ketish uchun o‘ziga yo‘l topa oladi. Bugun oliygoh talabasi bo‘lgan yoshlar ertaga albatta, biror korxona yoki tashkilotda xodim sifatida faoliyat olib boradi. Ana shunday kezlarda ruhiy holatni boshqarish borasidagi bilimlar tajribada qo‘llanilib, yaxshi natijalarni berishi shubhasiz.

QarMII axborot xizmati.