Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

JAMOA SHARTNOMASI: O‘ZGARISH VA QO‘SHIMCHALAR MUHOKAMA QILINDI

Bugun  Qarshi  muhandislik-iqtisodiyot  institutida  institut  ish  beruvchisi  bilan  institut  xodimlari  va  talabalari  kasaba  uyushmasi  qo‘mitasi  o‘rtasida  2018-2020  yillarga  mo‘ljallab  tuzilgan  jamoa  shartnomasining  2019  yilda  tomonlar  tomonidan bajarilishi  va  2020  yil  uchun  kiritilgan  qo‘shimcha  va  o‘zgartirishlar  bo‘yicha  jamoa shartnomasi  muhokamasi  bo‘lib  o‘tdi.  Bir  guruh  professor-o‘qituvchilar,  talabalar  va ishchi  xodimlar  ishtirok  etgan  yig‘ilishda  dastavval,  prorektor  Zafar  Botirov  va  institut  xodimlari  va  talabalari  kasaba  uyushmasi  qo‘mitasi  raisi  Fayziddin  Tilovatovning  2019  yil  davomida  jamoa  shartnomasi  bandlaridagi  shartlar  va  vazifalarning  ijrosi  yuzasidan  hisobot  ma’ruzalari  tinglandi.  

Ma’lumot  o‘rnida  aytish  kerakki,  jamoa  shartnomasi  15  ta  bo‘lim  va  186  banddan  iborat.  Yig‘ilish  davomida,  ish  beruvchi  va  kasaba  uyushma  qo‘mitasi  tomonidan  jamoa  shartnomasinining  ijrosi  ta’minlanmagan  5  ta  bandi  mavjud  ekanligi  qayd  qilindi.  Jamoa  shartnomasini  nazorat  qilib  boruvchi  ishchi  guruh  esa  mazkur  bandlarning  ijrosi  nima  sabdan  bajarilmay  qolganligini  asoslab  berdi.  

Jamoa  shartnomasiga  2020  yil  uchun  kiritilgan  o‘nga  yaqin  qo‘shimcha  va  o‘zgartirishlarning   eng  muhimlaridan  biri  XII.  Yoshlar  uchun  qo‘shimcha  imtiyozlar  va  kafolatlar  bo‘limiga  kiritilgan  banddir. Unda  rektor  kam  ta’minlangan,  yetim,  nogiron,  kasalmand  va  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  bo‘lgan  talabalarning  kontrakt  to‘lovlarini  o‘z  vaqtida  to‘lash  imkoni  bo‘lmagan  vaqtda,  to‘lov  muddatlarini  uzaytirishga  imkon  beradi.  Bunda  kasaba  uyushma  qo‘mitasi  bayonnomasi  asos  bo‘ladi.  Shuningdek,  shu  kabi  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  talabalar  uchun  ijtimoiy  paketlar  joriy  qiladi,  deya  belgilab  qo‘yilgan.  Bu  albatta,  imkoniyati  cheklangan  talabalar  uchun  ayni  zarur  va  shart  bo‘lgan  o‘zgartirish  bo‘ldi.

Bundan  tashqari,  jamoa  shartnomasini  nazorat  qilib  boruvchi  komissiya  tarkibiga  ham  qo‘shimcha  va  o‘zgartirishlar  kiritildi  hamda  bu  yangiliklar  yig‘ilish  qatnashchilari  tomonidan  bir  ovozdan  ma’qullandi.  

QarMII  axborot  xizmati.