Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

MOTIV NIMA? SIZ TO‘G‘RI YO‘LDA EKANLIGINGIZGA ISHONASIZMI?

Institut psixologi B.Kalonova tomonidan Neft va gaz fakultetining “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va ularni boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 143-17 va 144-17-guruh talabalari bilan “Shaxsning hayotiy motivlari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

  • Motivlar ikki xil bo‘ladi – muvaffaqiyatga erishish va muvaffaqiyatdan qochish, – deydi psixolog. – Kishi oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish yo‘lida birinchi motivga suyanishi kerak va bu bilan u ko‘zlagan maqsadiga osonroq, tezroq erishadi. Bundan tashqari birinchi motiv hayajon va qo‘rquvni yengishga yordam beradi. Ikkinchi motivga tayangan kishilarda ikkilanish, o‘ziga ishonchsizlik hislari yuqori bo‘ladi.

Seminar treningda guruh murabbiylari S.Tojiboev va A.Rashidov ham ishtirok etishdi. Motivlar haqida tushuncha beruvchi slaydlar namoyish etildi va talabalarning qaysi motivga nisbatan moyilroq ekani savol-javoblar yordamida aniqlandi. Psixologning aytishicha, motiv tanlash insonning fe’li, orzulari va atrofidagi muhitning ta’siriga ham o‘zaro bog‘liq va noto‘g‘ri yo‘ldagi talaba bilan yaxshiroq mashg‘ulot olib borilsa, albatta, ijobiy natijaga erishish mumkin.

QarMII axborot xizmati.