Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

HASHAR – ELGA YARASHAR!

O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 martdagi 136-F-son farmoyishiga asosan Navro‘z umumxalq bayramini munosib kutib olish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab hashar tadbirlari o‘tkazilmoqda. Sezgan bo‘lsangiz, bu yilgi umumxalq va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashariga “Obod yurt” deya nom berildi. Obod yurtda to‘y-u tantanalar, bayramlar yarashadi.

Milliy qadriyatlarimizning eng go‘zal jihatlari va manzaralarini o‘zida mujassam qilgan bugungi hasharda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti professor-o‘qituvchilari, talabalari va ishchi xodimlardan iborat jamoa ham munosib ishtirok etmoqda. Institut xududida, Qarshi-Buxoro avtomobil magistral yo‘lining Yerqo‘rg‘on bozoridan Shayxali qo‘rg‘onigacha bo‘lgan qismining ikki yon chetida, Qo‘ng‘irtog‘ etaklarida va Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida daraxt ekish, yo‘l chetlari va ariqlarda to‘planib qolgan chiqindilarni maxsus joylarda to‘plash, daraxtlar, to‘siqlar va boshqalarni oqlash kabi ishlarni bajrishmoqda.

QarMII axborot xizmati.