Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

TALABALAR 2020 YIL 16 MARTDAN IKKI HAFTA MUDDATGA (HOZIRCHA) TA’TILGA CHIQARILADI

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish  maqsadida quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:

  barcha oliy ta’lim muassasalari (OTM), akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 2020 yil 16 martdan e’tiboran o‘qish to‘xtatilib, o‘quvchi-talabalar ikki hafta muddatga (hozircha) ta’tilga chiqariladi, ta’lim muassasalarida karantin joriy qilinadi;

  Toshkent shahrida joylashgan OTMlar talabalar turar joylari (TTJ)dan talabalar doimiy yashash joylariga yuboriladi va TTJlar 18 mart kuni, viloyatlarda joylashgan OTMlar TTJlari joriy yil 17 mart kuni yopiladi;

  boshqa viloyatlardan kelib, Toshkent shahrida tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalar avtobus, poezd va samolyotlarda doimiy yashash joylariga qaytishi uchun quyidagi manzillarda imtiyozli chiptalar sotilishi yo‘lga qo‘yiladi:

– O‘zMU,  vazirlik huzuridagi «Ma’naviyat va ma’rifat» Markazi, O‘zDJTU, TTA TTJ va o‘quv binosi, TIQXMMI TTJ, TDPU TTJ;

  OTMlarda mavjud modullar professor-o‘qituvchilar tomonidan tegishli kontent bilan to‘liriladi va ta’lim masofaviy shaklda amalga oshiriladi;

  vazirlikda, OTMlarda (prorektorlar, fakultet dekanlari, murabbiylardan iborat) shtablar tuziladi va talabalarning ta’tilga chiqishi bilan bog‘liq tashkiliy ishlar muvofiqlashtirib boriladi;

  ta’limning sirtqi shaklida tahsil olayotgan talabalar hamda malaka oshirish kurslariga jalb qilingan o‘qituvchilar uchun ta’lim on-layn shaklda tashkil qilinadi;

  har qanday ommaviy tadbirlar (konferensiyalar, Navro‘z bayrami va b.) o‘tkazish taqiqlanadi, OTM ilmiy kengashi yig‘ilishi ixchamlashtirilgan tarkibda o‘tkaziladi, ixtisoslashgan kengashlar faoliyati bundan mustasno; 

  OTMlar va vazirlik o‘rtasida uzluksiz axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.