Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

INSTITUTDA MASOFAVIY O‘QITISH CHORALARI KO‘RILMOQDA

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabalarining ta’til vaqtida o‘qish bilan bandligini ta’minlash maqsadida telegram menedjerda har bir fanlar kesimida kanallar tashkil qilinmoqda va ushbu telegram kanallar orqali o‘tiladigan fanlar bo‘yicha resurslar bazasi-o‘quv-uslubiy majmualar yuklab borilmoqda. https://classroom.google.com/-portalida onlayn kurslar tashkil qilinmoqda. Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida https://arm.qmii.uz/-institutning elektron kutubxona axborot tizimida yo‘nalishlar kesimida adabiyotlarni yuklab borish ishlari yanada jadallashtirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ta’til vaqtida talabalarning bilim olishini masofadan turib qo‘llab-quvvatlash maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog‘ida talabalar uchun videodarslardan iborat @eduuz_online maxsus kanal ishga tushirilgan.

QarMII axborot xizmati.