Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“KITOBXON TALABA” RESPUBLIKA TANLOVI O‘TKAZILADI!

Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida kitobxonlik va mutoala madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va rag‘batlantirish maqsadida “Kitobxon talaba” respublika tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Talaba-yoshlar o‘rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning kitobdan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan tanlov ishtirokchilari quyidagi shartlar asosida sinovdan o‘tkaziladi.

1. “Eng bilimdon kitobxon” sharti (test shaklida).
Bunda, tanlov ishtirokchilari o‘rtasida test (50 savoldan iborat) o‘tkaziladi.

2. “Annotatsiya mahorati” sharti.
Bunda, ishtirokchi tomonidan “Men yoqtirgan asar” nomi ostida o‘zi sevib o‘qigan asar bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar – annotatsiya beriladi.
3. “Kitobxonlik va mutoala madaniyatini keng targ‘ib etish” sharti.
Bunda, ishtirokchi tomonidan kitobxonlik va mutoala madaniyati targ‘ib etish jarayoni amalga oshiriladi.
Tanlov 4 ta – oliy ta’lim muassasasi, oliy ta’lim muassasalariaro, hududiy saralash va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi va barcha bosqichlarni tashkil etish muddati “Kitobxon talaba” respublika tanlovini o‘tkazish bo‘yicha vazirlik Tashkiliy qo‘mitasi qarori asosida belgilanadi.
Tanlovning barcha bosqichlarida ishtirok etib, g‘olib va sovrindor bo‘lgan talaba-yoshlar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyida keltirilgan tanlov nizomidan olishingiz mumkin.

Kitobxon talaba tanlov NIZOMI

QarMII axborot xizmati.