Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“ENG YAXSHI MAQOLA” MUALLIFLARI ANIQLANDI

Talaba-yoshlarning yot g‘oyalarga qarshi immunitetini shakllantirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov o‘tkazilishi xaqida xabar bergan edik. O‘tgan vaqt mobaynida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida mazkur tanlovning ikki – fakultet va institut bosqichlari yakunlandi hamda ularda yuz nafardan ortiq talaba-yoshlar masofadan turib ishtirok etishdi.

 Aytish joizki, talabalar o‘z maqolalarida yoshlar qalbida vatanparvarlik ruhini oshirish, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni to‘g‘ri baholash va turli ekstremitik oqimlarga qo‘shilib qolishlarining oldini olish borasida nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, yoshlar tarbiyasi kattalar e’tibor qaratishi shart bo‘lgan jihatlar haqida to‘xtalib o‘tishgan.

“O‘zbekiston tarixi”, “O‘zbek va rus tillari” hamda “Ijtimoiy fanlar” kafedralarining professor-o‘qituvchilari tomonidan tekshirilgan maqolalar tanlov nizomida keltirilgan shartlar bo‘yicha quyidagicha baholandi.

1-o‘rin, Magistratura bo‘limi “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Ismatova Mahliyo Asliddin qizi. To‘plangan ball 54.

2-o‘rin, Neft va gaz fakulteti “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Raxmonov Dilbek Normaxmad o‘g‘li. To‘plangan ball 48.

3-o‘rin, Geologiya va konchilik fakulteti “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Rajapova Gulnoza Ilmuratovna. To‘plangan ball 36.

Eslatib o‘tamiz, tanlovning 2-bosqichida 1-2 o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talaba-yoshlar 3-bosqichda ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Ularning ijodiy ishlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Vazirlik Tashkiliy qo‘mitasiga yuboriladi.

QarMII axborot xizmati.