Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

TANLOV G‘OLIB VA SOVRINDORLARI NOMI ANIQLANDI

Vatan – onadek muqaddas, nondek aziz. Uning har qarich tuprog‘i tillolarga sotilmas va kindik qoni shu tuproqlarda to‘kilgan kishi borki, uni ko‘ziga surtishi, asrab-avaylashi lozim.

Yoshlar qalbida ana shunday his-tuyg‘ularning yanada keng o‘rin egallashi, vatanparvarlik ruhi va sarhadlarimiz himoyasiga bo‘lgan dahldorlik hissining kuchli bo‘lishiga erishish maqsadida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tomonidan “Mening yurtim – mening faxrim” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Fakultet bosqichlarida yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 25 ga yaqin ijodiy ishlar “Ijtimoiy fanlar”, “O‘zbek va rus tillari” hamda “Xorijiy tillar” kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan tekshirildi. Insholar tanlov nizomida nazarda tutilgan talablar asosida quyidagicha baholandi.

1-o‘rin, Texnoliya fakulteti “Oziq-ovqat texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Hamdamova Charos. To‘plangan ball 56.

2-o‘rin, Energetika fakulteti “Issiqlik energetikasi” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Fayziev Muzaffar. To‘plangan ball 53.

3-o‘rin, Neft va gaz fakulteti “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Nizomov Shorasul. To‘plangan ball 49.

Tanlov g‘olib va sovrindorlari institut ma’muriyati tomonidan diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

QarMII axborot xizmati.