Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

FAOL KITOBXONLAR NOMI ANIQ BO‘LDI

Koronavirus pandemisi munosabati bilan e’lon qilingan ta’til kunlarini oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash hamda ular o‘rtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini targ‘ib qilish orqali yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning kitobdan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublikadagi barcha  oliygohlarda o‘tkazilayotgan “Eng faol bilimdon kitobxonlar” masofaviy ko‘rik-tanlovining institut bosqichi yakuniga yetdi.

Oltita fakultetdan ishtirok etgan o‘nlab kitobxonlarning ijodiy ishlari “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi mudiri O.Begimov, kafedra katta o‘qituvchisi Yu.Raxmonova, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri M.Allanazarov, kafedra o‘qituvchisi M.Mamasoliev, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti S.Murtozova, institut murabbiylar kengashi raisi S.Ibragimov, institut axborot-resurs markazi direktori M.Turdieva hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i U.Toshniyazovdan iborat hakamlar hay’ati tomonidan tekshirildi.

Ko‘rik-tanlov nizomida keltirilgan shartlar bo‘yicha baholangan ijodiy ishlar quyidagi o‘rinlarga munosib ko‘rildi.

1-o‘rin, Ne’matov  Qosimbek Muhandis-texnika fakulteti.

2-o‘rin, Fayziev Muzaffar Energetika fakulteti.

3-o‘rin, Sirojiddinova Yodgora Iqtisodiyot fakulteti.

Bundan tashqari, yana uch nafar talaba uchta nominatsiya asosida taqdirlandi. Bular:

  1. “Notiqlik mahorati uchun” – Bahodirxo‘jaeva Rufayda, Geologiya va konchilik fakulteti.
  2. “Mustaqil fikri uchun” – Sobirova Nafisa, Texnologiya fakulteti.
  3. “Eng yaxshi rolik” – Nizomov Shorasul, Neft va gaz fakulteti.

“Eng faol bilimdon kitobxon” masofaviy ko‘rik-tanlovining institut bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarning ijodiy ishlari respublika bosqichida ishtirok etish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshida tashkil etilgan Vazirlik Tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etiladi.

QarMII axborot xizmati.