Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Step by step” ko‘rik tanlovi yakunlandi

Talaba-yoshlarda mamlakat tarixi va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish hamda ular onggida vatanparvarlik hissini kuchaytirish maqsadida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Step by step” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov shartiga ko‘ra, har bir ishtirokchi tomonidan tanlangan yo‘nalishi bo‘yicha tarix, qadriyatlar, hudud xususiyatlari haqida videorolik tayyorlandi va namoyish etildi. Tanlovning dastlabki, fakultetlar kesimida o‘tkazilgan 1-bosqichida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallagan talabalarning ijodiy ishlari ikkinchi bosqichda qatnashish uchun institutning Tashkiliy qo‘mitasiga taqdim etildi. Ko‘rik tanlovning ikkinchi bosqichida ishtirok etgan talabalar institut talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Step by step” ko‘rik tanlovi Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan har tomonlama muhokama qilinib, quyidagicha baholandi.

1-o‘rin, Muhandis-texnika fakulteti “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Ne’matov Qosim, Energetika fakulteti “Elektr energetika” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Bovmirzaev Nodirbek, Iqtisodiyot fakulteti “Menejment” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Sirojiddinova Yodgora hamkorlikda tayyorlagan videorolik.

2-o‘rin, Texnologiya fakulteti “Oziq-ovqat texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi Chorieva Muxlisa tayyorlagan videorolik.

3-o‘rin, Geologiya va konchilik fakulteti “Ekologiya va atrof muhit himoyasi” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabasi Orolov Samandar tayyorlagan videorolikka nasib qildi.

Tanlovning ikkinchi bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan talabalarning videoroliklari respublika bosqichida ishtirok etadi.

“STEP BY STEP” KO‘RIK TANLOVINING 1-O‘RINNI EGALLAGAN VIDEO ROLIKI
“STEP BY STEP” KO‘RIK TANLOVINING 2-O‘RINNI EGALLAGAN VIDEO ROLIKI
“STEP BY STEP” KO‘RIK TANLOVINING 3-O‘RINNI EGALLAGAN VIDEO ROLIKI

QarMII axborot xizmati.