Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

#QUTLOV

Joriy yilning 20-28 may kunlari platforma orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan Respublika fan olimpiadasida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 14 nafar talabalari faxrli o‘rinlarni egallashdi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 iyuldagi «Oliy ta’lim mussasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn fan olimpiadasining yakuniy 

natijalari to‘g‘risida»gi buyrug‘iga ko‘ra birinchi, ikkinchi va uchunchi o‘rin egalari bazaviy hisoblash miqdorining besh, to‘rt va uch barobari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, olimpiadani tashkil etish va o‘tkazishda faol ishtirok etgan professor-o‘qituvchilarning 9 nafari bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

QarMII axborot xizmati.