Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

#Qabul2020

26462 nafar abiturient QarMIIga o‘qishga kirish istagida ro‘yxatdan o‘tdi

2020 yil soat 23:59 holatiga Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutiga kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida o‘qishga kirish istagida 26462 nafar abiturient ro‘yxatdan o‘tdi.

Avval xabar berganimizdek, 2020/2021 o‘quv yilida bakalavriat kunduzgi ta’lim shakli uchun 28 ta’lim yo‘nalishiga jami 2150 ta o‘rin (shundan, 433 ta davlat grantlari, 1717 ta to‘lov-kontrakt) ajratilgan. Eng ko‘p abiturient ro‘yxatdan o‘tgan va bir o‘ringa eng ko‘p nomzod to‘g‘ri keladigan ta’lim yo‘nalishlarining kuchli beshligidan quyidagilar o‘rin egallagan:

  1. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (42.6);
  2. Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi (42.2);
  3. Elektr energetikasi (41.1)
  4. Bino va inshootlar qurilishi (40.2);
  5. Energetika (37.1)

Sirtqi ta’lim shakli uchun  14 ta ta’lim yo‘nalishiga jami 550 o‘rin (barchasi to‘lov-kontrakt) ajratilgan. Mazkur ta’lim shakliga bir o‘ringa eng ko‘p nomzod to‘g‘ri keladigan ta’lim yo‘nalishlarining kuchli beshligidan quyidagilar o‘rin egallagan:

  1. Buxgalteriya hisobi va audit (151.6);
  2. Iqtisodiyot (138.3)
  3. Energetika (137.4)
  4. Mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi (134.8)
  5. Neft va gaz ishi (118.5).

QarMII axborot xizmati.