Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Amaldagi loyihalar

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari

Institutda 2018 yilda Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida umumiy hajmi 579 mln 673 ming so‘mlik jami 8 ta, shu jumladan: 3 ta fundamental, 3 ta amaliy va 2 ta innovatsiya  loyihalar   bajarildi (2-jadval).

Fundamental loyihalar.

  1. “Xalkopirit yarim o‘tkazgichlarining asosiy issiqlik-fizikaviy, strukturaviy va konstruktiv parametrlarini optimallashtirishning fundamental qonuniyatlarini aniqlash va ularning matematik modellarini yaratish” (ilmiy rahbar t.f.n. A.G‘.Komilov).
  2. “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini egatlab sug‘orishda tuproq-grunt namlanishi jarayonlari dinamikasi qonuniyatlari” (ilmiy rahbar dots. M.Avlaqulov).
  3.  “Energiya-resurstejamkor egatsiz tekis shudgorlaydigan kombinatsiyalashgan pluglar va ular asosidagi turli texnologik jarayonlarni bir o‘tishda bajaradigan mashinalarni yaratishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” (ilmiy rahbar prof. F.M.Mamatov).

Amaliy loyihalar.

  1. “Poliz ekinlari yetishtirish uchun energiya tejaydigan texnologiya va kombinatsiyalashgan texnik vositani ishlab chiqish” (ilmiy rahbar dots. D.Sh.Chuyanov).
  2.   “40 o.k. traktorga bog‘ tuproqlariga ishlov beradigan qurollar komplektini (egatsiz tekis shudgorlaydigan plug, plug-yumshatgich, chizel-kultivator) (ilmiy rahbar prof. B.S.Mirzayev):
  3.  “Piroliz qurilmalari asosida issiqxonalarning avtonom issiqlik ta’minoti tizimini ishlab chiqish” (ilmiy rahbar prof. G‘.N.Uzoqov)

Innovatsion loyihalar.

  1. “4-sinf traktorlarga tekis shudgorlaydigan plugni ishlab chiqarishga joriy etish” (ilmiy rahbar prof. F.M.Mamatov).
  2. “Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida uy xo‘jaliklari tadbirkorlik faolligini oshirishning iqtisodiy va moliyaviy mexanizmini takomillashtirish” (ilmiy rahbar prof. A.F.Xurramov).

Ushbu davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha 2018 yilda quyidagi natijalarga erishildi.