Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Buxgalter bo’limining faoliyati

HISBOTLAR

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish. Professor-o’qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o’z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish. Hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi to’liq xamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish. Moddiy boyliklar va pul mablag’lari inventarizatsiyasini o’z vaqtida o’tkazish. Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish. Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish. Mahalliy va respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o’z muddatlarida o’tkazish. Bankdan olingan pul mablag’larini maqsadli sarflash. Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo’lishining oldini olish. Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to’g’ri sarflanishini nazorat qilish. Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to’g’ri saflanishini nazorat qilish. Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish. Byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo’yicha sarflanishini nazorat qilish. Pul mablag’lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizatsiyasini o’rnatilgan tartib asosida sifatli o’tkazilishini nazorat qilish. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga, soliq inspektsiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o’z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish. Institutda buxgalteriya faoliyati yo’nalishlaridan biri bo’yicha rahbarlik va mas’ul ijrochisi vazifasini bajarishi, kassaning ishini va kassa operatsiyalarining yuritilishini nazorat qilishi. Bank hujjatlarini ishlab chiqish va xarajatlar smetasi ijro etilishini tahlil qilish. Ish haqini, vaqtincha mehnat qobiliyatini yo’qotganlik varaqalari bo’yicha nafaqalar, talabalarga stipendiyalar to’lanishini nazorat qilish va bunda amaliy yordam berish. Kirim-chiqim hujjatlari aylanishini nazorat qilish, kelib tushayotgan pul mablag’lari, tovar moddiy boyliklar va asosiy vositalar, moliya xo’jalik faoliyati natijalari, shuningdek, moliya, hisob-kitob hisobotini olib borish, pullarning qonuniy o’z vaqtida rasmiylashtirilishini nazorat qilish. Pul mablag’lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy fondlar ro’yxatga olinishi ustidan nazoratni amalga oshirish. Pul mablag’lari hamda tovar-moddiy boyliklar kamomadi bo’yicha hujjatlarni rasmiylashtirishda qatnashish. Pulga aloqador birlamchi hujjatlar va buxgalteriya hisobotlarini o’z vaqtida tayyorlanishini ta’minlash. Institutda mavjud asosiy vositalar, tovar moddiy qimmatliklar, naqd pul mablag’lari, qimmatbaho qog’ozlar, qat’iy hisobda turuvchi blankalar va hokazolarning inventarizatsiyasini tashkil etish hamda o’tkazish jarayonida faol qatnashish, shuningdek, uning amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga mos ravishda o’tkazilishi ustidan nazorat olib borish. Аsosiy vositalar, pul mablag’lari, tovar-moddiy qimmatliklarning inventarizatsiyasi jarayonida va boshqa tekshiruvlar natijasida aniqlangan kamomadlarning institut hisobiga undirilishi, ortiqcha mablag’larini kirim qilinishiga erishish yuzasidan mutasaddi xodimlar bilan hamkorlikda monitoring faoliyatini yuritish. Kamomadlarga yo’l qo’yilishi, pul mablag’lari va tovar-moddiy qiymatliklarni talon-toroj qilinishining oldini olish tadbirlarida mutasaddi xodimlar bilan faol qatnashish. Аsosiy vositalar, pul mablag’lari, tovar moddiy qiymatliklar institut hisobiga to’liq kirim qilinishi, shuningdek, ularning harakati bilan bog’liq bo’lgan birlamchi hujjatlarni to’g’ri yuritilishi va buxgalteriya hisobida o’z vaqtida aks ettirilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish. Institut g’aznasida me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishi yuzasidan ichki auditorlik tekshiruvlarni amalga oshirish. Tegishli me’yoriy hujjatlar asosida asosiy vositalarni va tez eskiruvchi moddiy qiymatliklarning balansdan chiqarilishi ustidan ichki auditorlik nazoratini amalga oshirish. Byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larning kommunal xizmatlar va elektr energiyasining sarflanish limitlariga rioya etilishi ustida ish rejasi asosida ichki auditorlik nazoratini olib borish. Institut talabalariga stipendiya to’lovlarining to’g’ri berilishini, to’lanishini va amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda qayta hisob-kitob qilinishi yuzasidan auditorlik tekshiruvini o’tkazish. Pul mablag’lari va tovar-moddiy qimmatliklarning kirim-chiqim hujjatlarini yuritishda, mansabdor shaxslar tomonidan noqonuniy xatti-harakatlarga yo’l qo’yilayotganlik holatlari aniqlanganda, tegishli choralar ko’rish uchun bosh buxgaltir yoki rektorga yozma ravishda xabar berish. Byudjet va byudjetdan tashqari topilgan mablag’larning hisobotlari va hisob-kitob ishlarini olib borish. Shartnoma asosida o’qiydigan talabalarning kontrakt-to’lovlaridan tushadigan mablag’larni hisobga olish. Shartnoma bo’yicha o’qiydigan talabalar uchun shartnomalarni tayyorlash. Kassadan naqd pullarni chiqim orderi yoki uning o’rnini bosadigan qaydnomalarga asosan tarqatish. Hisobxona tomonidan berilgan ro’yxatlar asosida plastik kartochkalarga pullarini tushirish. Bankda berilgan ro’yxatlar asosida plastik kartochkaga to’g’ri (zagruzka) yuklash va ishchi xodimlarga, talabalarga plastik kartochkalarni (taqdim etilgan xolda) tarqatish. Plastik kartochkaga yuklash uchun topshirilgan kompьyuter va internet modemnomalarini saqlash belgilangan maqsadda ishlatish.

Rektor Maxmudov Nazirila Nasimxanovich,


Qabul vaqti: Juma 15:00 – 17:00