Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Ma’naviyat va ma’rifat” hamda iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi

“Ma’naviyat va ma’rifat” hamda iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limining faoliyati

“Ma’naviyat va ma’rifat” hamda iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi institut jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o’rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug’lashga, jismonan sog’lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi komil insonni tarbiyalashga yo’naltirilgan uzoq muddatli, keng ko’lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” hamda iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon Qaror va Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari hamda institut ichki tartib-qoidasi va ushbu bo’lim Nizomiga binoan faoliyat ko’rsatadi.
“Ma’naviyat va ma’rifat” hamda iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limining asosiy maqsadi – talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil g’ayriinsoniy g’oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O’zbekistonning chinakam fidoiysi bo’lib yetishtirishdan iborat.

“Ma’naviyat va ma’rifat” hamda iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limining asosiy vazifalari:

  • mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy, madaniy ishlarga doir tadbirlarni o’tkazish;
  • talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo’lga qo’yish;
  • milliy urf-odatlar, qadriyatlar negizida anjumanlar, davra suxbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish;
  • talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish ishlarini takomillashtirishga ko’maklashish;
  • institutda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, bu borada zarur me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini ta’minlash;
  • Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo’limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg’armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok etishdan iborat.
    Institutdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bevosita ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

“Ma’naviyat va ma’rifat” hamda iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limining ishchi tarkibi:

  1. Toshniyazov Umirbek Xurramoovich Маънавият ва маърифат” ҳамда иқтидорли ёшлар билан ишлаш бўлими бошлиғи.
  2. Услубчи: Боймуров Қурбоншер Саитмуродович
  3. Услубчи: Абдираимов Шоғдор Давронович
  4. Котиба:Сувонова Мадина Аслон қизи