Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Marketing xizmati bo‘limining faoliyati

Institutda “Marketing xizmati bo‘limi” 1998 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ushbu bo‘lim orqali institut hamda ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida uzviy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Bo‘limning asosiy vazifalaridan biri  talabalarni qabul qilish ko‘rsatgichlarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar (korxona va tashkilotlar)ning barcha ta’lim yo‘nalishlari yoki mutaxassisliklariga bo‘lgan talablari, (buyurtmalari) inobatga olingan holda davlat grantlari va to‘lov shartnomalar asosida “Buyurtmalar portfeli“ ni shakllantirish. Institut bitiruvchilarini ish o‘rinlariga joylashtirish bo‘yicha komissiya tuzish, joylashtirish komissiyasi tomonidan ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo‘lgan real talabiga muvofiq bitiruvchilarni ishga joylashtirish rejasini (dastlabki aniqlangan) ishlab chiqish va yakunlovchi joylashtirishni o‘tkazish, ularning natijasi bo‘yicha bitiruvchilarni yakka joylashtirish tizimini tuzish va umumiylashtirish. Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarning kasb mohirligini orttirish va bitiruvchilarni ishga joylashtirishda institutning tegishli bo‘limlari (institut kengashi, metodik kengashlar, ilmiy-metodik bo‘limlar, fakultetlar, kafedralar, v.h.k.)  bilan ishlash ular tomonidan amalga oshirilgan ishlarning sifatini tahlil qilish va baholashda qatnashish, marketing siyosatini amalga oshirishda tegishli bo‘limlar xizmatini muvofiqlashtirish.

To‘lov-kontrakt asosida o‘qitish bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirish va hisobga olish guruhining vazifasi:

  • Korxona, tashkilot va muassasalar, talaba va institut o‘rtasida to‘lov-kontrakt (uch tomonlama) hamda talaba va institut o‘rtasida to‘lov-kontrakt (ikki tomonlama) asosida mutaxassis tayyorlash bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirish;
  • To‘lov – shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalar bilan o‘qish bo‘yicha xarajatlar farqini, hisob-kitobini ( tegishli normativ hujjatlar asosida);
  • To‘lov – shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalarga o‘qish bo‘yicha xarajatlarni o‘z vaqtida to‘latish ishlarini olib borish (dekanlar bilan birgalikda );
  • To‘lov – shartnoma asosida o‘qiyotgan talabalarning soni haqida ma’lumot tayyorlash (reja asosida kadrlar bo‘limi bilan birgalikda)

Yosh mutaxassislar bilan ishlash bo‘yicha muhandislarning vazifalari:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassalariga qabul to‘g‘risidagi” gi 2005 yil 2 iyundagi PQ-92 sonli qarori va “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” ga muvofiq barcha bakalavr ta’lim yo‘nalishi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat grant asosida bilim olgan OO‘Yu bitiruvchilarining eng kamida 3 yil ish ishlab berish sharti bilan o‘quv yurtiga korxona va tashkilotlarga ishga joylashtirish bo‘yicha vazifalarini o‘z vaqtida bajarish va nazorat qilish;

Institutda  tayyorlanayotgan oliy ma’lumotli kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning talabini fakultetlar, kafedralar va rektorat bilan o‘rganib chiqqan holda ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

Mehnat bozori  konyukturasini o‘rganish, qabul qilish ko‘rsatkichlarini taklif qilish, foydalanuvchilarning bitiruvchilariga bo‘lgan real buyurtmasi asosida shakllantirish, talabalar kontingenti, bitiruvchilarning ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va o‘z vaqtida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taklif qilish, davlat granti asosida qabul qilingan bakalavrlar va magistrlar bilan o‘qishni bitirgandan keyin ta’lim muassasalarida yoki korxonalarda kamida 3 yil ishlab berish haqida shartnoma tuzish (1 oy muddat ichida) bitiruvchilarning xohishini inobatga olgan holda davlat granti asosida bitirgan yosh mutaxassislarni respublikamizning iqtisodiy tarmoqlarida  samarali foydalanish uchun ularni o‘z vaqtida ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish;

Bitiruvchilarga ish o‘rni haqida ma’lumot berish, mehnat yarmarkalarini o‘tkazishni tashkillashtirish (ma’muriyat yordamida);

O‘tgan o‘quv yili bitiruvchilarining ishga joylashganligi haqidagi ma’lumotlarini tayyorlash.

Bo‘limning ishchi tarkibi:

Xaqqulov Fazliddin Faxriddinovich

Tel.: (0375) 221-26-80

Mobil (+99897) 222-11-41

E-mail: marketing@qmii.uz, haqqulovf@mail.ru

Murodova Shahnoza Poyanovna yosh mutaxassislar bilan ishlash bo‘yicha muhandis

Tel.: (0375) 221-26-80

Mobil (+99891) 953-17-74    

E-mail: marketing@qmii.uz

Eshonqulov Jasur Ziyodullavich Iqtisodchi

Tel.: (0375) 221-26-80

Mobil (+99890) 805-09-10   

E-mail: marketing@qmii.uz

Raimov Farrux Erkinovich Inspektor

Tel.: (0375) 221-26-80

Mobil (+99897) 383-29-99    

E-mail: marketing@qmii.uz

Sharifova Soniya Shukurilla qizi Inspektor

Tel.: (0375) 221-26-80

E-mail: marketing@qmii.uz