Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

O’ZBEKISTON YOSHLАR ITTIFOQI INSTITUT BOSHLАNG’ICH TАSHKILOTI

O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti faoliyati

Institutda “O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti” 2017 yilda tashkil etilgan bo’lib, boshlang’ich tashkilot orqali institut hamda viloyat, shahar Kengashlari o’rtasida uzviy aloqalar yo’lga qo’yilgan. Boshlang’ich tashkilotga hozirgi kunda a’zolar soni 5300 kishini tashkil etadi. Boshlang’ich tashkilot qoshida “Iqtidorli yoshlar klubi” ochilgan bo’lib yoshlarimizga hozirgi kunda 10 dan ortiq bepul tugaraklar, Jasorat klubi, Munozara klubi, Zakovvat intelektual o’yinlari faoliyat yuritadi.

O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tagan va oliy taьlim muassasalariga to’lov-kontrakt shakli asosida o’qishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam ko’rsatish

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi
PF-5106-son “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 31 oktyabrdagi PQ-213 “O’zbekiston Respublikasi Qurolli safida muddatli harbiy xizmatni o’tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qaroriga muvofiqO’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oliy va o’rta maxsus taьlim vazirligining 2018 yil 6 martdagi 59 va 5-2018-son “O’bekiston yoshlar ittifoqi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o’tagan va oliy taьlim muassasalariga to’lov-kontrakt shakli asosida o’qishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam ko’rsatish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori qabul qilingan. Qaroriga muvofiq har yili O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan moddiy yordam ko’rsatiladi.

O’zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo’lgan talabalarni moddiy qo’llab-quvvatlash

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Farmoni va 2017 yil 18 iyuldagi PQ-3138-son “O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarori belgilangan bandlari ijrosini taьminlashga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining 2017 yil 27 dekabrdagi 30-2017 va 186-son qarori bilan tasdiqlangan nizom, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Ijroiya Qo’mitasi 2018 yil 23 yanvardagi 01-04/182-sonli qaroriga muvofiq O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt asosida taxsil olayotgan, O’zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo’lgan talabalarni moddiy qo’llab-quvvatlash belgilangan. Qaroriga muvofiq har yili O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan moddiy yordam ko’rsatiladi.

Yoshlar yetakchisi:Эшонқулов Зоҳиджон Зиёдуллаевич

Tel: (0375) 224-04-07

E-mail:zeshonqulov89@mail.ru