Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti mehnatni muhofaza qilish bo’limi

best cloud mining

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida mehnatni muhofaza qilish sohasida Davlat qomusi bo‘lgan Konstitutsiya, O‘zbekiston Respublikasi Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, Mehnat Kodeksi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i va ko‘rsatmalari hamda boshqa qoida va yo‘riqnomalar asosida ishlar tashkil etildi.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti mehnatni muhofaza qilish sohasining asosiy vazifasi etib, ta’lim jarayonini yuqori saviyada tashkil etish uchun faoliyat ko‘rsatayotgan professor o‘qituvchilar, ishchi xodimlar va talabalarning xavfsizligi va ish sharoitini yaxshilashga qaratilgan huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitar-gigienik davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalar tizimini boshqarish va tashkil etishdan iboratdir.

O‘tgan yil davomida mehnatni muhofaza qilish sohasida institut rektorining bir qancha buyruqlari chiqqan bo‘lib, xodimlarni iqtisodiy-ijtimoiy himoya qilish, ish sharoitini yaxshilash va sanitar-gigienik talablarini bajarish va boshqa ishchi xodimlarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan.

Mehnatni muhofaza qilishga qaratilgan  normativ – huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashda tegishli bo‘limlar bilan hamkorlikda keyingi yillarda ko‘pgina ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,

Kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining tegishli moddalarida belgilangan me’yorlar va boshqa qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan. Jamoa shartnomasi barcha professor o‘qituvchilar va ishchi xodimlar institut rahbariyati bilan tuzilgan  va imzolangan.

Institutda faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlar bilan texnika xavfsizligi bo‘yicha tegishli yo‘riqnomalar o‘tkazilib va tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 avgustdagi 272-sonli qaroriga asosan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va bilimlarni tekshirishga doir barcha me’yoriy hujjatlar qayta shakllantirildi. Shuningdek, 7 shtat birligida mavjud 7 nafar elektrik xodimlar “O‘zdavenergeonazorat”davlat inspeksiyasi Qashqadaryo hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda  tekshiruv sinovi o‘tkazilib ruxsatnomalar berildi.

Ishchi-xodimlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun institutda sanitar gigienik holatni yaxshilash uchun har bir o‘quv binosiga va talabalar turar joylarida alohida qishki isitish tizimi o‘rnatilgan. Institut hududi sanitar-gigienik talablar asosida saqlanmoqda va kommunal-texnik tarmoqlar sanitar-gigienik talablar asosida ishlab turibdi. Institut hududida 6 ta umumiy ovqatlanish oshxonasi va talabalar turar joylarida kafe barlar hamda internet kafelar ishlab turmoqda.

Institut hududida 6 ta “chiqindixona”lar tashkil qilingan bo‘lib, yig‘ilgan chiqindilar “Ekotrans”mchj bilan kelishilgan shartnoma asosida  belgilangan muddatlarda olib chiqib ketiladi. Institut hududi  tungi va kechki vaqtda to‘liq yoritish moslamalari, favqulodda vaziyatda binoni zudlik bilan tark etish uchun avariya va evakuatsiya chiroqlari, moslamalar, belgilar va har bir chiqish eshiklari va karidorlarga videokameralar o‘rnatilgan.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda institut hududiga kirishda professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarning  avtoyo‘ldan xavfsiz o‘tishi uchun A.Navoiy, Nasaf 6 ko‘chalaridagi yo‘lning qatnov qismida piyodalar o‘tishi uchun yo‘l harakati belgilari va “piyoda yo‘lakchasi” yo‘l belgilari o‘rnatildi. 4 marotaba  Yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlar va Qo‘riqlash xizmati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda xavfsizlik masalalarida tekshiruvlar o‘tkazilib, tegishli tavsiyalar berildi va o‘quv seminarlari tashkil etildi va taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Fuqaro muhofazasi instituti va institut rejasiga muvofiq 8 nafar ishchi xodimlar va professor-o‘qituvchilar fuqaro muhofazasi institutida, 1 nafar xodim Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazida  malaka oshirib tegishli sertifikat oldi.

Xavfli ish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan (elektrik, avtomobil haydovchilar va boshqa) xodimlar bilan  tegishli nazorat organlari o‘quv kurslari tashkil etilib, tegishli ruxsatnomalar berildi. Yo‘riqnomadan va ruxsatnomasi bo‘lmagan xodimlarni ishga qo‘ymaslik to‘g‘risida institut rektorining buyrug‘i ishlab chiqildi.O‘tgan yil davomida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizlik qoida va normalarni qo‘pol ravishda buzgan xodimlar qayd etilmagan.

Joriy yil davomida jami 6 nafar xodimga davolash-profilaktika muassasalariga sog‘lig‘ini tiklash uchun yo‘llanma berildi. Institutda doimiy med punkt faoliyat olib bormoqda. Institut kasaba uyushmasi tomonidan  oilaviy sharoitiga zarurmand bo‘lgan 26 nafar ishchi xodimlar 13 nafar professsor o‘qituvchilarga 1 oylik ish haqi miqdorida moddiy yordam puli berildi. Ishchi xodimlar va talabalar ishtirokida Respublikamizning tarixiy shaharlari Samarqand, Buxoro, Shahrisabz shaharlariga turizm  sayohati tashkil etildi.