Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

REJА-MOLIYA BO’LIMINING FАOLIYATI

“Reja-moliya bo’limi” 1998 yilda tashkil etilgan. Oliy ta’lim muassasasining tarkibiy bo’limi hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug’i bilan tasdiqlangan oliygox Nizomi asosida faoliyat ko’rsatadi. Reja-moliya bo’limi o’z faoliyatida institut rektori buyruklari va ko’rsatmalariga asoslanadi.
Reja-moliya bo’limi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Bo’lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo’lgan bo’g’inlar faoliyatini muvofiqlashtirish. O’zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakulьtetlar, kafedralar, bo’limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish. O’quv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o’rtasida yo’nalish bo’yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish. Institutning barcha moliyaviy smetalarini tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlarni tuplash va tahlil qilish. Byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larni xarajatlar smetasidagi moddalar bo’yicha tahlil etish. Smetada ko’rsatilgan mablag’lardan o’z maqsadlari yo’lida to’g’ri foydalanishni, o’rinsiz yoki ortiqcha xarajatga yo’l qo’ymaslikni nazoratga olish. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga, boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o’z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish.

Iqtisodchi vazifalari:

Instituning barcha moliyaviy smetalarini tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlarni tuplash va tahlil qilish. Byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larni xarajatlar smetasidagi moddalar bo’yicha tahlil etish. Smetada ko’rsatilgan mablag’lardan o’z maqsadlari yo’lida to’g’ri foydalanishni, o’rinsiz yoki ortiqcha xarajatga yo’l qo’ymaslikni nazoratga olish. har oyning 30-sanasigacha institutning barcha bo’lim va dekanatlarida ishlovchi xodimlar uchun yozilgan tabellarni qabul qilish va uni institutning buxgalteriya bo’limiga topshirish. Rejali hisobotlarni tayyorlash. Byudjetdan tashqari mablag’lar RJ xarajatlar smetasini loyihasini tayyorlash va tushumlar hisobini yuritsh