Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | 0(375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Institut tarixi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 28 fevraldagi qarori bilan 1975 yildan faoliyat ko`rsatib kelgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Qarshi filiali negizida Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti, 1995 yil 3 iyun qarori bilan Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti va Toshkent Davlat texnika universiteti Qarshi filiali bazalarida Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti tashkil etilgan.

Ayni paytda institutda 6 ta fakultet Iqtisodiyot, Sanoat texnologiyasi, Kasb-ta`limi, Neft va gaz, Energetika, Muhandis texnika,25 ta kafedra, «Axborot texnologiyalari» markazi, «Iqtidorli talabalar» markazi, institut qoshidagi 2 ta akademik-litsey faoliyat ko`rsatmoqda. 30 ta ta`lim yo`nalishlari bo`yicha 5912 nafar bakalavrlar, 4 ta mutaxassisliklar bo`yicha 100 dan ortiq magistrlar ta`lim olmoqda. Yoshlarga 350 dan ortiq professor-o`qituvchilar ta`lim-tarbiya berishmoqda. Ularni 15 nafari fan doktori, professorlar, 125 nafari fan nomzodi, dotsentlardir. Institutning ilmiy salohiyati 56,3 % ni tashkil qiladi.