Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Xalqaro aloqalar bo`limi

Xalqaro aloqalar bo`limi boshli`gi    Eshev Alibek Sabirovich

1982  yil  9  noyabrda  Qarshi  shahrida tug`ilgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi:  Iqtisodiyot.

Qabul kunlari xaftaning Chorshanba Payshanba kunlari soat 14:00dan 18:00gacha             

Telefon +998914568805  75-221-04-17

e-mail: alibek_8805@mail.ru  

alibek.qmii.uz@mail.ru            

alibek_8805@yahoo.com           

Xalqaro aloqalar bo`limi haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2885-son Qarori va 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan tajriba almashish, oliy ta’limning turli sohalari bo‘yicha  o‘zaro manfaatli hamkorlik  yo‘lga  qo‘yilgan.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti xozirgi kunda quyidagi davlatlar xorijiy OTMlari bilan hamkorlik aloqalarini  yo`lga qo`ygan. Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi, Germaniya, Italiya, Isroil davlati, Latviya, Litva, Bolgariya, Gretsiya, Polsha, Daniya, Chexiya, Shvetsiya, Vengriya, Ruminiya, Ispaniya, Portugaliya, universitetlari. Jami xorijiy OTMlar  bilan tuzilgan shartnomalar soni 68 ta.

Xalqaro bo’lim faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

 • Horijiy mamlakatlar o’quv yurtlari, ilm-fan markazlari, halqaro tashkilotlari bilan hamkorlik;

• Horijiy fuqarolarni o’qishga qabul qilish;

• Xalqaro anjumanlar (uchrashuvlar, seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar, yubiley sanalari) o’tkazish;

• Xalqaro ta’lim markazlarini ochish va faollashtirish;

• Xalqaro dasturlarda ishirok etish (loyihalar, grantlar, stipendiyalar);

• QarMII vakillarini turli yo’nalishlar bo’yicha horijga malaka oshirish, umumiy ta’lim tizimi, ustuvor yo’nalishlar bo’yicha zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan tanishish maqsadida safarlarga yuborish.