Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

“Neft va gaz” va “Geologiya va konchilik” fakultetlari bo‘yicha 2015/2016 o‘quv yili bitiruvchilari uchun “KAR’ERA KUNLARI” tadbiri bo‘lib o‘tdi

Unda “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi,  Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi, “Sho‘rtanneftgaz” UShK, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi”, “Muborakneftgaz” MChJ, “O’zgeoburg‘uneftgaz” AK, Qashqadaryo viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi,  Viloyat “Suvloyiha” MChJ, Viloyat yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonasi, “Janubgazta’minot” va boshqa viloyatdagi yirik korxona, tashkilot, muassasalarning rahbarlari, yetakchi mutaxassislari, tadbirkorlar, ishbilarmonlar, mehnat birjalari vakillari, kasb-hunar kollejlari direktorlari ishtirok etdilar.

Tadbirni institut rektori N.N.Maxmudov ochib, kirish so‘zida institutda yosh mutaxassis – kadrlar tayyorlashning hozirgi holati, uni sifat va samaradorligini oshirishda ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligining ahamiyati to‘g‘risida to‘xtaldi.

“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” texnologiya xizmati bo‘limi boshlig‘i X.Bekov, “Muborakneftgaz” MChJ bosh muhandisi A.S.Mustafayev, “O’zgeoburg‘uneftgaz” AK kadrlar bo‘limi boshlig‘i O.G.Omonov, Viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi “Analitik nazoratga” ixtisoslashgan inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Haydarov, Viloyat “Suvloyiha” MChJ direktori B.I.Soxibov, “Tepaqo‘tan” koni boshlig‘i I.Q.Jumayev, Viloyat yer tuzish va ko‘chmas mulk davlat korxonasi bosh muhandisi I.K.Raxmonov va boshqalar so‘zga chiqdi.

Ular viloyatimizda iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarining rivojlanib kengayayotganligi, yangilari qurilib ishga tushirilayotganligi yosh mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni muttasil oshib borishiga olib kelayotganligini qayd etishdi. Xususan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini bitirgan ko‘plab yosh mutaxassislar ushbu korxonalarda turli lavozimlarda samarali faoliyat olib bormoqdalar.

DSC_0278

 

DSC_0234

 

DSC_0264

 

DSC_0272