Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Ilmiy-amaliy konferensiya

 

2017 yil 9 iyun kuni institutning “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomnidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori va 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida “Ilm-fan taraqqiyotida yosh olimlarning innovatsion faoliyati” mavzusida Yosh olimlarning I-Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya davomida Ilmiy ishlar prorektori G‘.Uzoqov “Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning yangi tizimi”, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti Ch.Temirova “Yoshlar ongida shukronalik hissini shakllantirishning dolzarb vazifalari”, Ekologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi U.Panjiev “Sanoat oqova suvlarini tozalashda samarali reagentlari ishlab chiqish”, “Umumtexnika fanlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi E.Murtozaev, Iqtisodiyot nazariyasi katta ilmiy xodim-izlanuvchisi M.Mamatov “Innovatsion investitsiyalarning iqtisodiy o‘sish sifatiga ta’sirini oshirishning nazariy asoslarini takomillashtirish”, O‘simlikshunoslik ixtisosligi katta ilmiy-xodim izlanuvchisi, dotsent Z.Ibragimov “Begona o‘tlar muammolari va ilmiy amaliy echimlari”, Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi SH.Axmedov “Taqirsimon tuproqlar hududida shamol eroziyasiga qarshi agrotexnik choralarni o‘rganish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, O‘simlikshunoslik ixtisosligi mustaqil izlanuvchisi R.Hasanova “Bo‘g‘doyni bargi orqali karbomid bilan oziqlantirish samaradorligi” mavzusida ma’ruzalar tinglandi.

Shuningdek konferensiya 3 ta sho‘‘ba asosida ishini davom ettirdi. Konferensiya so‘nggida g‘oliblar aniqlanib, qo‘yidagi nominatsiyalar e’lon qilindi. Sh.Axmedov “Eng yaxshi ilmiy maqola”, U.Qodirov “Eng yaxshi innovatsion ishlanma”, K.Ernazarova “Eng yosh tadqiqotchi”, N.Shabarova “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

Anjumanda institutning Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori G‘.Uzoqov, Iqtisodiyot fakulteti dekani A.Xurramov va “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri Yu.Ergasheva, yosh olimlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

33333333 222222222 1111111111 4444444444