Ko`zi ojizlar uchun | Davlat ramzlari | Aloqa formasi | (375) 221-09-23 atm@qmii.uz

Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston davlati asoschisi

2018 yil 19 yanvar kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengash hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yiligiga bag‘ishlab “Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston davlati asoschisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rektori N.Maxmudov, “Nuroniy” jamg‘armasi Qashqadaryo viloyat bo‘limi rahbari Ya.Inoyatov, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi E.Rajabov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari S.Jo‘raev, bo‘lim boshlig‘i A.Rasulov, institutning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori A.Xayriddinov, institut xodimlari va talabalari kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F.Tilovatov, fakultet dekanlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi IBT etakchisi Z.Eshonqulov, fakultetlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

IMG_5771

IMG_5777

IMG_5812

IMG_5948